
Ozod Mo'min Xo'ja
Shayboniyxon ulug’ valiy Xoja Ahrorning ikki o’g’lini, kimlarningdir qutqusi bilan, o’ldirtirgan. Valiy ruhining badduosini olgan va kelgusi jangda halok bo’lgan. Boshi tanasidan ajratilib, Safaviylar saroyiga olib ketilgan. Tana boshsiz dafn etilgan.
Shu sabab, asosiy ishni uning jiyani Abdullaxon II (1533-1598 yy) amalga oshirgan. Yaьni, shu sarkarda Buyuk O’zbeklar imperiyasini yaratgan. Bu imperiya hozirgi Markaziy Osiyo hududini qamragan edi.
Abdullaxon 2
Vatanimiz ana shu zot hukmronligi vaqtida bir to’lalik hosil qilgan. Ham iqtisodiy, ham jangovar rivojlangan. Bahodir Yalangto’sh uning davrida tug’ilib, o’z qobiliyatini namoyish qila boshlagan. Buxoro uning tomonidan poytaxt qilib tanlangan, shaharning hozirgi ko’rinishi asosan uning davrida shakllangan. Abdullaxon II karmanalik valiy Qosim Shayx Azizon va Shahrisabz yaqinida istiqomat qilgan Xoja Imkanagiylarning duosini olgan buyuk zotdir. Nazarimda, Shayboniyxonning emas, Abdullaxon II ning nomini ulug’lashtirish kerak.

